Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 87-modda

Bolaning hayoti yoki sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolganda bolani olish

Bolaning hayoti va sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi bolani olish toʻgʻrisida hujjat qabul qilganidan keyin yetti kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.