OilaFAMILY · 86-modda
Ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish
Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos boʻlgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) daʼvosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, daʼvoni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish