Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 43-modda

Er-xotindan birining arizasi boʻyicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Agar er-xotindan biri:

sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;

sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;

sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.

Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.