Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 35-modda

Nikoh shartnomasi tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari

Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni oʻzgartirayotgani yoki bekor qilayotgani toʻgʻrisida oʻz kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qatʼi nazar, oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻladi.

Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy oʻzgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda oʻzgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.