Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 82-modda

Ota-onalik huquqini tiklash

Ota-ona (ulardan biri) oʻz xulq-atvorini, turmush tarzini va (yoki) bola tarbiyasiga boʻlgan munosabatini oʻzgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.

Ota-onalik huquqini tiklash ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) daʼvosiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi ishlar vasiylik va homiylik organining, shuningdek prokurorning ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvosi bilan birga bolani ota-onaga (ulardan biriga) qaytarish toʻgʻrisidagi talabi ham koʻrib chiqilishi mumkin.

Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bolaning eng ustun manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.

Oʻn yoshga toʻlgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Bola farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan boʻlsa, ota-onalik huquqini tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.