Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlaridir.
Ish beruvchi jamoaviy mehnat nizosi boshlangan paytdan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organini tashkilotda nizo yuzaga kelganligi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
ijtimoiy sheriklikning tarmoq va respublika darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi;
jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga koʻmaklashadi;
mehnat arbitrlarini hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritadi;
mehnat arbitrlarini tayyorlashni tashkil etadi;
jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida koʻrib chiqishga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni tasdiqlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari.
ijtimoiy sheriklikning birlamchi va hududiy darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi;
jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga koʻmaklashadi.
Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
zarur boʻlgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi taraflari vakillarining vakolatlarini tekshiradi;
jamoaviy mehnat nizolarining yuzaga kelish sabablarini aniqlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
jamoaviy mehnat nizosining taraflariga uni koʻrib chiqish va tartibga solishning barcha bosqichlarida uslubiy yordam koʻrsatadi.
Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga doir ishlarni tashkil etish chogʻida xodimlar va ish beruvchilarning vakillari bilan hamkorlik qiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish