OilaFAMILY · 33-modda
Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish
Nikoh shartnomasi sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeks 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish