Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 69-modda

Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi

Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga koʻra beriladi.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda boʻlganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga koʻra, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy anʼanalarga koʻra boboning ismi boʻyicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona oʻrtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi boʻyicha kelishuv boʻlmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.