Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 66-modda

Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqi

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taʼsir qilmaydi.

Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan koʻrishish huquqiga ega.

Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida boʻlish va boshqa hollarda) oʻz ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda koʻrishish huquqiga ega.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.