Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 571-modda

Xodimlarning va ular vakillarining talablar qoʻyishi

Ushbu Kodeksning 42-moddasiga muvofiq belgilangan xodimlar va ularning vakillari talablar qoʻyish huquqiga ega.

Tashkilot (tashkilotning alohida boʻlinmasi) xodimlari va (yoki) ularning vakillari tomonidan qoʻyilgan talablar xodimlarning tegishli umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) tasdiqlanadi, yozma shaklda bayon qilinadi hamda xodimlarning jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun ular vakolat bergan vakillar tomonidan ish beruvchiga yuboriladi.

Ish beruvchi xodimlarga yoki xodimlarning vakillariga talablar qoʻyish yuzasidan umumiy yigʻilish (konferensiya) oʻtkazish uchun zarur xona berishi shart va uni oʻtkazishga toʻsqinlik qilishga haqli emas.

Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining talablari ularning saylab qoʻyiladigan kollegial organlari tomonidan qoʻyiladi va ijtimoiy sheriklik taraflariga yuboriladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) boʻyicha tegishli davlat organiga yuborilishi, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Bu holda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) boʻyicha davlat organi talablarni jamoaviy mehnat nizosining boshqa tarafi olganligini tekshirishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.