Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 61-modda

Ota-onaning arizasi boʻyicha bolaning nasl-nasabini belgilash

Bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan shaxsning otaligi oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.

Ona vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda yoki u onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan holda oʻzini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga binoan belgilanadi.

Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, otalikni belgilash toʻgʻrisidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.

Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bolaning tugʻilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tugʻilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash toʻgʻrisida bola tugʻilgandan soʻng er-xotin birgalikda ariza berishining imkoni boʻlmay qolishi yoki mushkul boʻlishini koʻrsatuvchi asoslar mavjud boʻlsa, tugʻilajak bolaning oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli.

Otalikni belgilash rad etilganda, oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.