Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud boʻlganda tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
Ushbu Kodeksning 16-moddasida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi.
Agar ish hal qilinish paytigacha nikohni tuzish uchun monelik qiladigan holatlar tugagan boʻlsa, sud nikohni oʻsha holatlar tugagan paytdan boshlab haqiqiy deb topishga haqli.
Ushbu Kodeksning 16-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha nikohni haqiqiy emas deb topishni er-xotin, shu nikohning tuzilishi natijasida huquqlari buzilgan shaxslar, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni sud vasiylik va homiylik organining ishtirokida koʻrib chiqadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish