Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 51-modda

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ona-otasi yoki homiysi, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.

Ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga yetgan boʻlsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Er-xotindan biri nikoh yoshiga yetmaganligi tufayli nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish, agar er-xotin (ulardan biri) ish sudda koʻrilayotgan paytda nikoh yoshiga yetmagan boʻlsa, vasiylik va homiylik organining ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.