OilaFAMILY · 4¹-modda
Koʻp bolali oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish
Toʻrt nafar va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oiladir. Bunda, agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan koʻprogʻi taʼlimning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy taʼlim) taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi.
Davlat koʻp bolali oilalarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish