OilaFAMILY · 10-modda
Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish
Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etadilar.
Oila aʼzolarining oʻz huquqlarini amalga oshirishlari hamda oʻz majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa aʼzolari va oʻzga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish