Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi
Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chogʻida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa aʼzolarning hamda oʻzga fuqarolarning axloqi, shaʼni, qadr-qimmati, sogʻligʻi, huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur meʼyordagina cheklanishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish