Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifi notoʻgʻri deb yoki qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud ushbu taʼrifni oʻzgartiradi va qarorda mehnat shartnomasini bekor qilish asosini qonunchilikka qatʼiy muvofiq ravishda qonunning tegishli moddasiga (qismiga, bandiga, xatboshiga) havola qilgan holda koʻrsatadi.
Sud qonunchilikda nazarda tutilgan kafolatlarni berish toʻgʻrisidagi va xodimga tegishli ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani bir vaqtning oʻzida hal qiladi.
Agar sud mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifi xodimning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadi deb topsa, unda sud xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni uning talabiga koʻra kompensatsiya qilish masalasini hal etadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish