Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 549-modda

Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga ariza berish tartibi

Xodimning mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga kelib tushgan arizasi roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.

Xodimning mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga berilgan arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

sana (xodim oʻz huquqi buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan va u komissiyaga murojaat qilish uchun muddatning oʻtishi boshlanishini qaysi sana bilan bogʻlasa, oʻsha sana);

xodimning vajlarini tasdiqlovchi oʻzida mavjud boʻlgan vajlar;

xodimning talablari;

arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.