MehnatLABOR · 548-modda
Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning vakolatlari
Mehnat nizolari boʻyicha komissiya mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qoʻllash masalalariga doir yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organ boʻlib, bundan bevosita sud tomonidan koʻriladigan nizolar mustasno.
Tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalarida tuzilgan mehnat nizolari boʻyicha komissiyalarning vakolatlari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra tasdiqlanadigan tegishli nizomda yoki boshqa ichki hujjatda belgilanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish