Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 545-modda

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlar

Yakka tartibdagi mehnat nizolari quyidagilar tomonidan koʻrib chiqiladi:

mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar tomonidan, bundan bevosita sudda koʻriladigan nizolar mustasno;

sud tomonidan.

Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun oʻz tanloviga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.

Har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi mehnat nizolari boʻyicha komissiyada yoki sudda koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirishidan oldin “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish uchun mediatorga oʻtkazilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.