MehnatLABOR · 557-modda
Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning aʼzolari uchun kafolatlar
Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning aʼzolari boʻlgan xodimlarga nisbatan ular oʻz vakolatlarini amalga oshirayotgan davrda tarif stavkasini (maoshni) pasaytirishga va ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yakka tartibdagi mehnat nizosini bevosita koʻrib chiqish va ishni koʻrib chiqishga tayyorlash davrida mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning aʼzolari boʻlgan xodimlar oʻrtacha ish haqi saqlangan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish