Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari
Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
xodimlarning mehnat huquqlarini oʻzi himoya qilishidan;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvidan;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratidan;
mehnat huquqlarining yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali himoya qilishdan;
mehnat huquqlarining mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlar tomonidan himoya qilishdan.
Xodimlarga mehnat huquqlarini himoya qilish usulini tanlash, qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan oʻz mehnat huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish