Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 418-modda

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili berish

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga davomiyligi kamida oʻttiz kalendar kun boʻlgan yillik mehnat taʼtili beriladi va ular bu taʼtildan yilning oʻzlari uchun qulay boʻlgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat taʼtili berilayotgan ish yili xodim oʻn sakkiz yoshga toʻladigan va toʻlib boʻlganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, taʼtilning davomiyligi xodim oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar va oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.