Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi
Har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi quyidagilardan oshishi mumkin emas:
oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʻttiz daqiqadan;
oʻquv yili davomida ishni oʻqish bilan birga olib boruvchi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu oʻttiz daqiqadan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish