Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnatini qoʻllash taqiqlanadigan ishlar
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sogʻligʻiga, xavfsizligiga va maʼnaviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qoʻllash taqiqlanadi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ular uchun belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalardan ortiq boʻlgan ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarishi va tashishi taqiqlanadi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatining qoʻllanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga va maʼnaviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlar roʻyxati, shuningdek ularning ogʻir yuklarni koʻtarishi va tashishi chogʻida yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish