Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 439-modda

Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtillari

Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy taʼtillar, shuningdek oʻrindoshlar haqli boʻlgan qoʻshimcha mehnat taʼtillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar oʻrindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishda yillik mehnat taʼtili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan oʻrindoshlarning yillik mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun yillik mehnat taʼtiliga oʻrindoshlik asosida ishning oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq toʻlanadi.

Asosiy ish joyi boʻyicha yillik mehnat taʼtilining davomiyligi oʻrindoshlik asosidagi ishdagi mehnat taʼtilining davomiyligidan koʻp boʻlgan hollarda, ish beruvchi oʻrindoshning iltimosiga koʻra unga oʻrindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat taʼtilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat taʼtili va oʻrindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat taʼtili davomiyligi oʻrtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil ham berishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.