Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 437-modda

Oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻidagi ish vaqtining davomiyligi va uni hisobga olish

Oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻida oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno).

Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan boʻshagan kunlarda oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.

Oʻrindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kunlik yarim normasiga rioya etilishi mumkin boʻlmagan taqdirda, ish vaqtini jamlab hisobga olishni yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Ish vaqtini jamlab hisobga olishni yuritish chogʻida oʻrindoshlik asosidagi ish vaqtining (smenaning) umumiy davomiyligi hisobga olinayotgan davr uchun oʻrindoshlik lavozimi boʻyicha ish vaqti normasining yarmidan koʻp boʻlmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davrning cheklangan davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ichki oʻrindoshlik chogʻida ish vaqtini hisobga olish asosiy ish va oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha alohida-alohida yuritiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.