Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 434-modda

Oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlar

Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:

pasportni yoxud uning oʻrnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;

asosiy ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumotnomani;

bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlgan ishga oʻrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan koʻchirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani;

diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;

mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishga qabul qilish chogʻida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotnomani.

Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab oladi.

Ichki oʻrindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chogʻida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.

Oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilish chogʻida ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.