Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 457-modda

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilishni va oʻtkazishni rasmiylashtirish

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilish va oʻtkazish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi xodimni masofadan turib ishlashga nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasiga koʻra qabul qilish haqidagi ish beruvchining buyrugʻi eʼlon qilinishi uchun asosdir. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan cheklovlarga amal qilgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Mehnat shartnomasiga doir qoʻshimcha kelishuv doimiy ravishda masofadan turib ishlashga oʻtish toʻgʻrisida buyruqni eʼlon qilish uchun asos boʻladi.

Xodimning vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtishi haqida buyruqni eʼlon qilish uchun xodimning masofadan turib ishlashga oʻtishga va ishni masofadan turib bajarish rejimi shartlariga roziligini aks ettiradigan arizasi asos boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.