MehnatLABOR · 378-modda
Ishlab chiqarish taʼlimining vaqti
Oʻquvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish taʼlimi vaqti xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan oshmasligi kerak.
Tashkilotda ishlab chiqarish taʼlimini oʻtayotgan oʻquvchilar, ish beruvchi bilan kelishilgan holda mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan toʻliq ozod qilinishi yoki bu ishni toʻliq boʻlmagan ish vaqti shartlarida bajarishi mumkin.
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi davrida oʻquvchi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinmasligi, shuningdek ishlab chiqarish taʼlimi bilan bogʻliq boʻlmagan xizmat safarlariga yuborilmasligi kerak.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish