Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 376-modda

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi ushbu shartnomada koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran unda nazarda tutilgan muddat mobaynida amal qiladi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilish davrida oʻquvchilarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalari tatbiq etiladi.

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi oʻquvchi kasal boʻlgan vaqtga, harbiy yigʻinlarni oʻtash vaqtiga yoxud taraflarning kelishuviga koʻra uzaytiriladi.

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilish muddati davomida uning mazmuni faqat taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.