Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining muddati va shakli
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi muayyan ishni bajarish uchun talab etiladigan malakani olish uchun zarur boʻlgan muddatga tuziladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi kamida ikki nusxada, yozma shaklda tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega boʻladi va ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining har bir nusxasi oʻquvchining va ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Ish beruvchining muhri mavjud boʻlganda ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining barcha nusxalarida mansabdor shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining bir nusxasi oʻquvchiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining nusxasi oʻquvchi tomonidan olinganligi oʻquvchining ish beruvchida saqlanadigan ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi nusxasidagi qoʻshimcha imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish