Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 374-modda

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining mazmuni

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

taraflarning nomi;

oʻquvchi tomonidan olinadigan aniq malaka;

ish beruvchining oʻquvchiga ishlab chiqarish taʼlimini oʻtash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash majburiyati;

oʻquvchining ishlab chiqarish taʼlimini oʻtash va olingan malakaga muvofiq ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasida belgilangan muddat davomida ishlab berish majburiyati;

ishlab chiqarish taʼlimining muddati;

oʻqish davrida mehnatga haq toʻlash miqdori;

taraflarning rekvizitlari.

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasida taraflarning kelishuvi bilan belgilangan boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasida belgilangan, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi boʻyicha ishlab berish muddati ishlab chiqarish taʼlimi muddatiga hamda ish beruvchining uni oʻtkazishga doir chiqimlariga mutanosib boʻlishi va har qanday holda ham ushbu Kodeksning 110-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan muddatli mehnat shartnomasining eng koʻp davridan oshib ketmasligi kerak.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.