MehnatLABOR · 419-modda
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari umumiy ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda ushbu xodimlar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim yoki oʻrta maxsus, professional taʼlim olganidan keyin ishga kirayotgan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi boʻyicha taʼlim olgan xodimlar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish