Xodimning hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida arizani koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Ish beruvchining xodimga hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda topshiriladi.
Xodim yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi boʻlmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish