Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 328-modda

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash muddati

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni quyidagicha qoplanadi:

voyaga yetmagan shaxslarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar;

oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — kunduzgi taʼlimni tugatguniga, lekin koʻpi bilan yigirma uch yoshga toʻlguniga qadar;

ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

nogironligi boʻlgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

marhumning qaramogʻida boʻlgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band boʻlgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila aʼzosiga — qaramogʻidagi shaxslar oʻn toʻrt yoshga toʻlguniga qadar.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.