Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar
Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari xodimlarining ayrim toifalariga, shuningdek ayrim davlat organlarining xodimlariga nisbatan tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi, ushbu xodimlar tomonidan mehnat intizomining buzilishi oʻta ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarda ularning amal qilishi oʻziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarning doirasi belgilanadi, xodimlarning, shuningdek intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari, ragʻbatlantirishlarning, intizomiy jazolarning turlari, ularni qoʻllash tartibi nazarda tutiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish