Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 353-modda

Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar uchun ish beruvchi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar va materiallar

Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni oʻtkazish uchun ish beruvchi tomonidan zarur mablagʻlar va materiallar ajratiladi. Bu mablagʻlar va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi. Mazkur mablagʻlar va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni oʻtkazish uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish fondini tashkil etishga haqli.

Xodimlar mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan chiqimdor boʻlmaydi.

Mehnat jamoalari, kasaba uyushmasi qoʻmitalari mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar va materiallardan foydalanilishini nazorat qiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.