Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 346-modda

Xodim tomonidan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash

Ish beruvchiga zarar yetkazganlikda aybdor boʻlgan xodim zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qoplashga haqli.

Zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash ushbu Kodeksda nazarda tutilgan doirada amalga oshiriladi.

Xodimning va ish beruvchining kelishuviga binoan zararning oʻrnini boʻlib-boʻlib toʻlash asosida qoplashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday holda xodim ish beruvchiga zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi yozma majburiyatni toʻlovlarning aniq muddatlarini koʻrsatgan holda taqdim etadi. Agar zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan majburiyatni bergan xodim mehnat munosabatlarini tugatgan boʻlsa va zararning oʻrnini qoplashdan bosh tortsa, qoplanmagan qarz notariusning ijro xatlariga asosan undiriladi.

Xodim yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun ish beruvchiga uning roziligi bilan bahosi teng boʻlgan mol-mulk berishi yoki shikastlangan mol-mulkni tuzatib berishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.