Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 290-modda

Ish beruvchining yoʻllanmasi boʻyicha kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtishda xodimlar uchun kompensatsiya toʻlovlari

Agar ish beruvchining yoʻllanmasi boʻyicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtishi boshqa joyga koʻchishni talab qilsa, xodimga oʻqish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining oʻrni qoplanadi.

Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ichki hujjatda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) toʻlovi belgilanishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.