MehnatLABOR · 319-modda
Xodimga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon
Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashi shart:
xodim mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda;
xodimga ish haqi toʻlash va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlar kechiktirilganda;
xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkazilgan boʻlsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish