Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoidalarni aniqlashtirish
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan xizmat tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalarida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi haqidagi ichki hujjatlarda tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari, xodimlar bajarayotgan mehnat vazifalarining tavsifi inobatga olingan holda aniqlashtirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ichki hujjatlar xodimning holatini ushbu Kodeksga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.
Maxsus intizomiy javobgarlikka tortiladigan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari qonunda, shuningdek intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarda belgilanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish