Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 306-modda

Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimning huquq va majburiyatlari

Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodim:

xizmat tekshiruvi nima sababli oʻtkazilayotganini bilishga;

komissiya aʼzolarini rad etish toʻgʻrisida arz qilishga;

xizmat tekshiruvi masalalari boʻyicha yozma tushuntirishlar berishga;

xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi davomida iltimosnomalar berishga;

xizmat tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun hujjatlar, ashyoviy dalillar taqdim etishga;

guvohlarni xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi davomida keyinchalik ularni soʻrovdan oʻtkazish uchun taqdim etishga;

xizmat tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, ulardan koʻchirmalar, koʻchirma nusxalar olishga;

xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnoma bilan tanishishga;

komissiyaning qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.

Xodim oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotni rad etish uchun xizmat tekshiruvi oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga yozma shaklda beriladi va u taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.

Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodim oʻziga berilgan huquqlardan vijdonan foydalanishi, xizmat tekshiruvi oʻtkazilishiga monelik qilmasligi, shu jumladan xizmat tekshiruvida ishtirok etishdan boʻyin tovlamasligi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, boshqa gʻayriqonuniy harakatlar sodir etish yoʻli bilan monelik qilmasligi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.