Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 276-modda

Ish beruvchining mehnat normalarini bajarish uchun zarur mehnat shart-sharoitlarini taʼminlash majburiyatlari

Ish beruvchi mehnat normalarining bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart. Bunday shart-sharoitlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

binolar, inshootlar, mashinalar, texnologik jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning soz holatda boʻlishi;

ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan texnik hujjatlar va boshqa zarur hujjatlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash;

mehnat shartnomasida shartlashilgan ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar, asboblar, boshqa vositalar va buyumlarning lozim darajada sifatli boʻlishi, ularning xodimga oʻz vaqtida taqdim etilishi;

mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat shart-sharoitlari.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.