Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 275-modda

Mehnat normalarining amal qilish muddati

Mehnat normalari doimiy boʻlishi mumkin, bunda ular nomuayyan muddatga belgilanadi va ushbu Kodeksning 274-moddasiga muvofiq almashtirilguniga va qayta koʻrib chiqilguniga qadar amal qiladi, mehnat normalari vaqtinchalik ham boʻlishi mumkin, bunda ular mahsulot ishlab chiqarishni, texnika, texnologiyalarni oʻzlashtirish davri uchun yoki ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish davri uchun uch oygacha boʻlgan muddatga belgilanadi. Mazkur muddat tugaganidan keyin vaqtinchalik normalar doimiy normalar bilan almashtirilishi lozim.

Ayrim hollarda vaqtinchalik normalarning amal qilish muddati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin.

Texnologiya oʻzgartirilganda, baxtsiz hodisalar va avariyalar yuzaga kelishi xavfi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda, shuningdek bir martalik xususiyatga ega boshqa shunga oʻxshash ishlarni bajarishda mehnat normalari har bir aniq holatda tegishli ishlarni bajarish davri uchun belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.