Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 249-modda

Mehnatga haq toʻlash tizimi va uni belgilash tartibi

Mehnatga haq toʻlash tizimi xodimlar ish haqi miqdorining mehnatning miqdori va sifatiga, ularning shaxsiy va jamoaviy natijalariga bogʻliqligini belgilash usulidir.

Xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi, bundan ushbu Kodeksda ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan nazarda tutilgan hollar mustasno.

Tashkilotda ayrim toifadagi xodimlarga yoki tarkibiy boʻlinmalarga nisbatan mehnatga haq toʻlashning bir nechta tizimi qoʻllanilishi mumkin.

Xodimlar mehnatiga vaqtbay, ishbay yoki mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa mezonlarga koʻra haq toʻlanadi.

Faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va muayyan iqtisodiy sharoitlarga qarab mehnatga haq toʻlanishini tashkil etish uchun xodimlar mehnatiga haq toʻlashning tarifli va (yoki) tarifsiz tizimlari qoʻllanilishi mumkin.

Budjet tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimlari va turlari qonunchilikda belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.