Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 247-modda

Mehnatga haq toʻlash shartlarini oʻzgartirish

Mehnatga haq toʻlash shartlari qanday tartibda belgilangan boʻlsa, xuddi shunday tartibda oʻzgartiriladi.

Mehnatga haq toʻlash shartlarini xodim uchun noqulay tomonga oʻzgartirishga xodimning roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi. Istisno tariqasida:

texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda oʻzgarishlar yuz berganda, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganda, basharti mehnatga haq toʻlashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin boʻlmasa;

qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda shunday oʻzgartirish mumkin.

Ish beruvchi mehnatga haq toʻlashga doir amaldagi shartlarning yomonlashtirish tomonga qaratilgan yangi yoki kelgusidagi oʻzgarishlari haqida xodimni ular kiritilishidan kamida ikki oy oldin imzo qoʻydirib ogohlantirishi kerak.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.