Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 245-modda

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilash

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning oʻzida belgilanadi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

Ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning mehnatiga haq toʻlashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.

Oʻz mehnat majburiyatlarini bajargan xodimning mehnatiga soatbay haq toʻlashning eng kam miqdori tegishli kalendar yilda olti kunlik ish haftasidagi ish soatlarining oʻrtacha oylik miqdoriga boʻlingan, bir oyda mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.

Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ish haqiga ustamalar, boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish, tungi vaqtdagi ish uchun toʻlovlar, tuman koeffitsiyentlariga doir toʻlovlar hamda boshqa kompensatsiyaga oid va ijtimoiy toʻlovlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga kiritilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.