Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 264-modda

Tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash

Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:

mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qoʻllagan holda;

mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega boʻlgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qoʻshimcha toʻlov toʻliq toʻlanadi.

Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash tarif stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi.

Tungi vaqtdagi, shuningdek koʻp smenali rejimdagi ish uchun ish haqiga doir qoʻshimcha toʻlovning aniq miqdori jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.