Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchidan xodimga berilishi kerak boʻlgan barcha summalarni toʻlash xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan boʻlsa, tegishli summalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay toʻlanishi kerak.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli boʻlgan summalar miqdorlari toʻgʻrisida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi xodimga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatda toʻlashi shart.
Ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim, agar u hatto mukofot toʻlanayotgan paytda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda boʻlmasa ham, bir yildagi ish yakunlariga koʻra mukofot olish huquqiga ega boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish